Rossiyada mehnat migrantlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida yuz bergan holat yuzasidan maʼlumot berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlum qilishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.

    Reyd tadbiri oʻtkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar Oʻzbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

    Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati oʻtib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilib, shu kunning oʻzida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.