Rossiya Qurilish vazirligi hukumatga qurilish sohasida ishlash uchun mehnat migrantlarining mamlakatga kirish tartibini yengillatish taklifi bilan chiqdi. Ushbu taklif Ichki ishlar va Mehnat vazirliklari hamda Rospotrebnadzor bilan kelishilgan.
“Bunda Rossiya hududiga kiritishga ruxsatni faqat sanitar-epidemiologik nazoratni taʼminlashni kafolatlaydigan tashkilotlarga ruxsat berish taklif etilgan”, — deb taʼkidlaydi qurilish vaziri.
Rossiya hududiga kirish uchun mehnat migrantlari Rossiyaga kirishdan koronavirusga qarshi koʻpi bilan uch kun avval olingan salbiy test natijalarini taqdim etishlari kerak boʻladi.
Tashkilotlar ishga jalb etilgan migrantlarni joylashtirishi, migratsiya roʻyxatidan oʻtkazishi va ular bilan mehnat shartnomalari tuzishlari kerak boʻladi, deb xabar beradi TASS. Shuningdek migrantlarga mehnat faoliyatini yuritish uchun patent olishlari uchun koʻrsatma beradi.
Qurilish vazirligining bergan maʼlumotlarga koʻra, 50ta hududdagi qurilishlarda ishchilarning yetishmasligi sezilyapti. 190 mingdan ziyod ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud, deb xabar beradi Vesti.ru
Ishsizlik va ishdan boʻshatishlarga qaramay, rossiyaliklar mehnat migrantlari bajargan ishda ishlashga rozilik bermayapti. Ular obroʻli ishlarni afzal koʻryapti, deb taʼkidlaydi qurilish vaziri.