Rossiyada mikroavtobus to'qqiz nafar piyodani urib yubordi, ulardan besh nafari hayotdan ko'z yumdi

    Mikroavtobus jami to'qqiz kishini urib yubordi, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uni mast haydovchi boshqargan.

    Rossiyaning Xitoy bilan chegaradosh Blagoveshensk shahrida mikroavtobus piyodalar yo'lagida to'qqiz nafar piyodani urib yubordi va ulardan besh nafari halok bo'ldi. Bu haqda 14-iyun, juma kuni Rossiyaning telegram kanali Mash xabar berdi.

    Unga ko'ra, Blagoveshenskda mikroavtobus to'qqiz nafar piyodani urib yuborgan, hodisa videoda muhrlangan, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ularning besh nafari halok bo'lgan, to'rt nafari esa jarohatlangan.

    Biroz vaqt o'tgach, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, haydovchi mast bo'lganligi haqida xabar paydo bo'ldi.

    Xabarda aytilishicha, u bundan oldin faqat tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilgan.

    Blagoveshenskdagi yo'l-transport hodisasi guvohlari yo'lakda to'qqiz kishini urib yuborgan mikroavtobus haydovchisini o'rab olishdi. Uning o'zi qonga belangan, shunchaki maysaning ustida o'tirib, hech narsani tushuntirib bera olmayapti.

    Shuningdek, halok bo'lganlar orasida uch nafar voyaga yetmaganlar ham borligi ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.