Hozirgi kunda ushbu oʻzgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga 2021-yil 30-iyunga qadar oʻz maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu davlat hududida noqonuniy boʻlib turgan vatandoshlarimizni 2021-yilning 30-iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali oʻz holatini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz, deya xabar qiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qoʻllanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya boʻlimidan qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati beriladi.
Ushbu masalada yordam berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qoʻyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
|
r |
Diplomatik vakolatxonalar |
Telefon va Telegram raqamlari, elektron pochta manzili |
Konsullik okruglari |
|
1 |
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi |
+7 499 230 00 76, +7 499 238 36 20 |
Rossiya (Markaziy Federal okrugi – Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimirsk viloyati, Voronej viloyati, Ivanovsk viloyati, Kaluysk viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipesk viloyati, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Tulsk viloyati, Smolensk viloyati), Yaroslav viloyati , Moskva), Armeniya |
|
2 |
Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7 812 601-06-28
savol2020@bk.ru |
Sankt-Peterburg, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologodsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Nenes avtonom okrugi |
|
3 |
Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7 932 616 27 07, +7 922 157 32 33, +7 953 822 00 11
ektkonsulxona@yandex.ru
|
Ural federal okrugi (markaz – Yekaterinburg shahri), Kurgan viloyati, Sverdlov viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xantы-Mansiy avtonom okrugi - Yugra, Yamalo-Nenes avtonom okrugi |
|
4 |
Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7 (843) 526 55 63 +7 (967) 772 66 00
|
Privoljsk federal okrugi (markaz - Nijniy Novgorod shahri), Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Tatarston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Chuvash Respublikasi, Perm viloyati, Kirov viloyati, Nijegorodsk viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Samara viloyati, Ulyanov viloyati |
|
5 |
Oʻzbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7 913 735 07 07, +7 383 246-04-84,
sibir_uz_yordam@mail.ru
|
Sibir federal okrugi (markaz – Novosibirsk shahri), Altay Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tыva Respublika, Xakas Respublikasi, Altay viloyati, Zabaykal viloyati, Krasnoyarsk viloyati, Irkutsk viloyati, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati |
|
6 |
Oʻzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7966288 24 66, +7 966 288 24 72 opershtab_gkuzvlv@mail.ru |
Uzoq Sharq federal okrugi (markaz – Xabarovsk shahri), Saxa Respublikasi (Yakutiya), Kamchatka viloyati, Primorsk viloyati, Xabarovsk viloyati, Amur viloyati, Magadan viloyati, Saxalin viloyati, Yevrey avtonom okrugi, Chabarov tumani |
|
7 |
Oʻzbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi |
+7 863 285-50-57
rostov_uz_yordam@mail.ru |
Shimoliy-Kavkaz federal okrugi (markaz - Pyatigorsk shahri), Dogʻiston Respublikasi, Ingushetiya Respublikasi, Kabardino-Balkariya Respublikasi, Karachayevo-Cherkessk Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi, Chechen Respublikasi, Stavropolsk viloyati, Janubiy federal okruglar (markaziy - shahar Rostov): Adыgeya Respublikasi, Kalmыkiya Respublikasi, Krasnodarsk viloyati, Astraxan viloyati, Volgograd viloyati, Rostov viloyati |