Hodisa oqibatida bir kishi jarohatlandi. Bu haqda SHOT xabar bermoqda.
Voqea bir kun avval Gubkinskiydagi 9-maktabda sodir bo'ldi. O'smir binoga pnevmatik to'pponcha olib kirgan – metall detektor romlari unga ishlamagan.
Yigit tanaffus vaqtida sinfdoshlari bilan hojatxonaga borib, ularga o'q uza boshlagan. O'q o'quvchilardan birining oyog'iga tekkan. Jabrlanuvchiga joyida tibbiy yordam ko'rsatilgan, ammo jarohati jiddiy emas.
Hozir politsiya o'q uzgan o'quvchi bilan ish olib bormoqda. U ilgari profilaktik ro'yxatga olingan.
Tuman ta'lim boshqarmasi pnevmatik to'pponcha qurol emasligini, shuning uchun metall detektor yordamida plastik korpusni aniqlashning imkoni bo'lmaganini ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.