Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan koʻrilgan tizimli va oʻzaro tezkor choralar natijasida joriy yilning 14-may kuni qizaloq RFdan Oʻzbekistonga qaytarildi.

Hozirda bola buvisi V.D. qaramogʻiga rasmiy ravishda topshirilgan boʻlib, uning tomonidan parvarish qilib kelinmoqda.

Oʻz oʻrnida, V.D. nevarasi bilan bogʻliq xalqaro darajadagi mazkur murakkab vaziyatni ijobiy hal qilinishida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga oʻz chuqur minnatdorligini bildirdi.