Rossiyada oʻzbekistonliklar uchun bepul rus tili kurslari ochildi

    Ijtimoiy hayot 18 Oktabr 2020 3141

    U yerlarda oʻzbekistonlik migrantlarga til bilan bogʻliq toʻsiqni yengib oʻtishda koʻmak tashkil etildi. Buning uchun Rossiyaning beshta shahrida, jumladan Moskvada ham bepul kurslar ish boshladi.

    Rossiyada 1,5 million oʻzbekistonlik migrantlar ishlaydi. Oʻzbekistonlik migrantlar Moskvaga tirikchilik uchun kelganlar. Til bilan bogʻliq toʻsiqni yengish uchun ular rus tilini toʻliqroq oʻzlashtirishlari kerak boʻladi.

    Rossiyada mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik migrantlar uchun bir varakayiga beshta shaharda — Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk, Peterburg, Kazanda kurslar tashkil etildi.

    “Qoidalar xuddi Rossiya maktablaridagidek, faqat maxsus chet elliklar uchun bir muncha soddalashtirilgan. Til bilan 11 yil emas, 72 soat shugʻullanadi. 72 soat ichida ular siz va biz bilan soʻzlasha oladi va bizni tushunadi”, — deydi Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti huzuridagi malaka oshirish instituti dekan oʻrinbosari, rus tili oʻqituvchisi Yekaterina Kulikova.

    “Fuqaro uchun bu oʻqish bepul. Pulni davlat toʻlaydi, lekin u fuqaroning malakali mutaxassis boʻlishidan manfaatdor. Til bilish shuningdek, uning daromad darajasiga ham taʼsir qilishi mumkin”, — deb taʼkidlaydi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi yetakchi mutaxassis Mashrab Madraximov.

    Kursda kasbga oid terminlar ham oʻrgatilishi koʻzda tutilgan. Migrantlar nafaqat rus tilida soʻzlashishni uddalashi kerak, ular shuningdek, oʻz kasblarining nozik mavzularida ham suhbatlash olishlari kerak, deb xabar beradi “MIR 24”.