Rossiya Federatsiyasi Bosh davlat sanitar vrachi qaroriga ko'ra, 2021-yilning 8-dekabridan boshlab, butun mamlakat hududida PTSR-testi manfiy natijasining amal qilish muddati 72 soatdan (3 sutka) 48 soatga (2 sutka) qisqartirildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o'z rasmiy manbasida yozdi.

Xabarda yozilishicha, ushbu talab Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va mamlakatga kirib kelayotgan chet el fuqarolari uchun bir xil kuchga ega.