Bu haqda «Dunyo" AA deb xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, aksariyat bolalarning ota-onalari muqaddam Rossiya hududida boʻlish tartibini buzgani uchun mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bosh konsulxonada ular uchun Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlariga topshirildi.

Sankt-Peterburg davlat byudjet tashkiloti yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni saqlash markaziga oʻzbekistonlik bolalarga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi va yaqindan hamkorligi uchun alohida minnatdorlik bildirildi.