Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva boshchiligidagi turli masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida boʻlib qaytgan.

“Tashrif jarayonida qator firma va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 300 dan ortiq xotin-qizlarning mehnat sharoitlari oʻrganildi va ular bilan yaqindan suhbatlashildi.
Ogʻir vaziyatga tushib qolgan 10 dan ortiq xotin-qizlarning mamlakatimizga qaytishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi”, deyiladi qoʻmita axborotida.

Rossiya Federatsiyasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari”da saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarilgan. Ular tegishli markazga joylashtirilgan. Bolalar keyinroq ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.