Shu kunlarda RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi.
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) oʻzining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan soʻrovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston masʼul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam soʻragan.
Oʻzbekiston Bolalar ombudsmani soʻroviga koʻra, RF Bolalar ombudmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur koʻmak koʻrsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit taʼminlandi.
Bugun, 25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari - Moskva shahridan, 8 nafari - Novosibirsk shahridan, 1 nafari - Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtimizga qaytarildi.
Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga oʻz minnatdorligini bildiradi va oʻzaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi.