Sibir poytaxtida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib olgan yurtdoshlarimiz boʻlgan oila mamlakatimiz Bosh konsulxonasi koʻmagida Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA .
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirskda farzandining hujjatlari bilan bogʻliq muammolari tufayli yurtimizga qayta olmayotgan vatandoshlarga yordam berdi.
Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Natijada bola va uning hujjatlari aeroportda ota-onasiga topshirildi.
Taʼkidlash kerakki, bola uchun barcha hujjatlar Bosh konsulxona saʼy-harakatlari bilan Rossiya tomonidan bir necha soat ichida tayyorlandi.
Ushbu oila 22-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14.30 da Rossiyaning “S7” aviakompaniyasi samolyoti bilan Oʻzbekistonga uchib kelgan.