Maʼlum boʻlishicha, yosh ona Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Novosibirsk huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Qizaloq esa bu vaqt davomida Novosibirsk shahridagi “Oila” oila va bolalarga yordam koʻrsatish markazida, Bosh konsul nazorati ostida boʻlgan.
Bosh konsulxona diplomatlarining tezkor harakatlari natijasida bola uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. 2026-yil 17-fevral kuni qizaloq konsulxona xodimlari tomonidan Novosibirsk International Airportga olib kelindi va u yerda onasi bilan uchrashdi.
Oʻsha kuni ona va bola Uzbekistan Airways aviakompaniyasining “Novosibirsk–Fargʻona” reysi orqali Vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolar huquq va manfaatlarini xalqaro majburiyatlar hamda qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga rioya qilgan holda himoya qilishga qaratilgan izchil siyosatini namoyon etadi. Shu bilan birga, xorijga ketayotgan fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va migratsiya rejimi buzilishining oldini olish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.