Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan hukumat qaroriga muvofiq koronavirus bilan kasallangan yoki shu haqda shubhalangan bemorni davolashda ishtirok etgan tibbiyot xodimining bir ish kuni uning mehnat stajini hisoblaganda ikki kunga tenglashtiriladi.

Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumining yigʻilishida u mazkur holatning joriy yil 1-yanvardan sentyabr oxirigacha harakatda boʻlishini eʼlon qildi.

“Ushbu qarorga muvofiq har yili toʻrt ming nafar atrofida shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari nafaqaga muddatidan avval chiqishi mumkin”, — deb taʼkidladi Hukumat rahbari.

Ular nafaqasini toʻlash uchun har yili qoʻshimcha 325 million rubl talab etiladi. Va bunday hajmdagi mablagʻ budjetda koʻzda tutilgan, deb ishontirdi Mishustin.