Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-fevralda tegishli qonun imzolangan edi.
2020-yil 5-avgustdan kuchga kiradigan mazkur hujjatda Rossiya Federatsiyasi hududidagi kasbiy taʼlim muassasalari va oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ish bilan taʼminlash tartibini soddalashtirish koʻzda tutilgan.
Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat oʻzlari taʼlim olayotgan universitetlarda, oliy oʻquv yurtlari tomonidan taʼsis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.
Eslatib oʻtamiz, chet ellik talaba oʻqishni tugatgan yoki oʻqishni toʻxtatgan taqdirda, ishlashni toʻxtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni koʻrsatish shartnomasini bekor qilish kerak, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.