Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun yangi xizmat ishga tushiriladi

    Rossiya Federatsiyasining davlat xizmatlari portalida 2022-yilda uchta yangi xizmatni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

    Ushbu xizmatlardan biri boʻlgan “Onlayn mehnat migratsiyasi” orqali Rossiya hududidagi boʻsh ish oʻrinlarini izlash, ish beruvchi vakillari bilan onlayn suhbatdan oʻtish va mehnat shartnomalarini tuzish koʻzda tutilmoqda.

    Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari D.Chernыshenkoning maʼlum qilishicha,) “Onlayn mehnat migratsiyasi” xizmati doirasida shuningdek, xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi hamda aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida kompleks elektron xizmatlar ishga tushiriladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.