Rossiyadagi raketa hujumi oqibatida oʻzbekistonlik fuqaro halok boʻldi

    Rossiyaning Rilsk shahriga Ukraina qurolli kuchlari tomonidan raketa hujumi uyushtirildi.

    Bu haqda Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn oʻz telegram sahifasida maʼlum qildi.

    Raketa hujumi 2025-yil 11-may kuni Rossiyaning Kursk viloyati Rilsk shahrida amalga oshirilgan. Hodisa oqibatida uylar, mehmonxonalar vayron boʻlgan va uch nafar fuqaro jabrlangan.

    Xabarda aytilishicha, vayron boʻlgan mehmonxona xarobalari ostida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 39 yoshli erkakning jasadi topilgan.