Shu yilning 22-fevral kuni kuni soat 06:00larda Perm oʻlkasining Osa tumanida davlat raqami 75V435NA “Lada Largus” rusumli avtomashinasida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va “Simaz” avtobusi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oqibatda 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi — E.F. va J.A. voqea joyida, O.A. esa ogʻir jarohatlar sababli kasalxonada vafot etgan.
Yana uch nafar oʻzbekistonlik — S.B., R.M.va K.F. turli xil tan jarohatlari bilan Perm oʻlkasining Osa markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan va hozirda tibbiy muolajalar olmoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan boʻlib, vafot etgan fuqarolar jasadlarini vatanga tezkor ravishda qaytarish ishlari yakunlangan. Jabrlanganlarga esa tibbiy muolaja koʻrsatib kelinmoqda.