Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, mazkur poyezdlar 2021-yil 22, 25, 29-oktyabr hamda 1-noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.

Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.