Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya boʻylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida boʻlib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi soʻraladi.
Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yoʻqligini tekshirib, shundan soʻng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.