Firibgar shaxs fuqaroning joʻnab ketishida zarur boʻladigan aviachipta, RFning tibbiy muassasalarida davolanish uchun taklifnoma hamda koronavirus kasalligi aniqlanmaganligi toʻgʻrisida PZR-test maʼlumotnomasini tayyorlab berishini maʼlum qiladi va xizmati evaziga 1200 AQSH dollari soʻraydi.

DXX va IIV xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “I.S.” ushbu fuqaro nomiga qalbaki ravishda tayyorlangan RFning tibbiy muassasalarida davolanish uchun taklifnoma va PZR-test maʼlumotnomasini berib, undan 1100 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda “I.S.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.