Bu haqda xabar tarqatgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi saytining qayd etishicha, mazkur kompaniya mutaxassislari Rossiya sportchilarining doping bilan bogʻliq jarayonlarini oʻrganganligi va sud-ekspertiza xulosasiga koʻra, Rossiya sportchilarini xalqaro sport musobaqalarida mamlakat bayrogʻi ostida tushishini taʼqiqlangan edi.
Kompaniya rahbari Richard Maklarenning fikricha, AIBA rahbariyati bilan kelishuvga binoan, Tokio olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish va olimpiya boks musobaqalarini boshqarishdan mahrum qilingan xalqaro boks tashkilotini xalqaro olimpiya qoʻmitasi oldidagi ishonchsizlik maydonidan chiqarishda oʻtgan olimpiya oʻyinlaridagi korrupsion jarayonlarni ochib tashlash muhim vazifa hisoblanadi.
2020-yili saylangan AIBA prezidenti U. Kremlov «har qanday holatda ham xalqaro boks tashkiloti olimpiya oilasi oldida, jahon boks hamjamiyati oldida oʻz haq-huquqlarini tiklab olishi, noqonuniy xatti-harakatlardan himoyalanib olishi lozim. Yorugʻ kelajakka yetishish uchun eng avvalo oʻtmishdagi tumanli davrlarni yorqinroq koʻrib olishimiz, barcha-barcha noaniqliklarni yuzaga chiqarishimiz, yechimini kutayotgan savollarning javobini topishimiz darkor boʻladi. Shu maʼnoda mustaqil ekspertlar guruhi holatni oʻrganishi kerak, degan fikrga keldik. Bu borada professor Richard Maklarenning jamoasiga ishonamiz», deya iqtibos keltirgan.
Oʻz navbatida MGSS yetakchisi Maklaren, uning jamoasiga ishonch bildirganligi uchun AIBA rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, xolis tekshiruvni amalga oshirishda boksga aloqadorlarni hamkorlikka chaqirgan hamda ilk xulosalarni joriy yilning avgust oyi oxirigacha eʼlon qilishini bildirib oʻtdi, deyiladi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi hisobotida.
Toʻlqin ROʻZIYEV.