Rossiyalik mashhur kardiolog Igor Balabanov bir hafta Namanganda ishlaydi

    Xalqaro hamkorlik 27 Oktabr 2021 947

    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali va Rossiyaning Novosibirsk viloyat  kardiologiya markazi hamkorligi murakkab yurak jarrohligida qoʻl kelmoqda.

    Tibbiyot fanlari nomzodi Igor Balabanov Namanganga muntazam tashrif buyurib mahorat darslari oʻtadi, kardioxirurgiya va kardiologiya sohasida oʻz markazida qilinayotgan yuqori texnologik amaliyotlar bilan oʻrtoqlashib turadi.

    - Oʻtgan yili pandemiya tufayli kelolmadim, ikki yilda shuncha oʻzgarish, tibbiy-texnologik qurollanishni koʻrib havas qildim. Bir hafta Namangan ahli xizmatidaman. Har kuni bemor koʻraman, yosh shifokorlarga maʼruza oʻqiyman. Hozirgacha ikkita murakkab yurak jarrohlik operatsiyasini amalga oshirdik, - deydi shifokor.