Tibbiyot fanlari nomzodi Igor Balabanov Namanganga muntazam  tashrif buyurib mahorat darslari oʻtadi, kardioxirurgiya va kardiologiya sohasida oʻz markazida qilinayotgan yuqori texnologik amaliyotlar bilan oʻrtoqlashib turadi.

- Oʻtgan yili pandemiya tufayli kelolmadim,  ikki yilda shuncha oʻzgarish,  tibbiy-texnologik qurollanishni koʻrib havas qildim.  Bir hafta Namangan ahli xizmatidaman.  Har kuni bemor koʻraman,  yosh shifokorlarga maʼruza oʻqiyman.  Hozirgacha ikkita murakkab yurak jarrohlik operatsiyasini amalga oshirdik,  - deydi shifokor.