Rossiyalik olimlar qurg'oqchilikka qarshi kurashishning yangi usulini ishlab chiqishdi

    Rossiyada qurg'oqchilikka qarshi kurashishning yangi usuli kashf etildi. Endi mamlakat kompaniyalari tuproqqa bioko'mir va mikroblar qo'shish orqali kimyoviy moddalar va suv tannarxini 25 foizga arzonlashtira oladi.

    Bu haqda Sibir federal universiteti Biologiya va biotexnologiyalar akademiyasining yetakchi ilmiy xodimi Vishnu Dayal Rajput ma'lum qildi.

    Olimning fikricha, bioko'mir, tolerant mikroblar va mikoriza zamburug'larining qo'shilishi tuproqning funksionalligini yaxshilaydi va o'simliklarning o'sishiga yordam beradi.

    “O'simliklar o'sishini rag'batlantiradigan rizobakteriyalar va mikoriza zamburug'lari, hatto quruq sharoitda ham o'simliklarning o'sishini qo'llab-quvvatlaydigan fitostimulyatsiya xususiyatlarni namoyon etdi”, dedi mutaxassis “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

    Bioko'mir barcha mexanizmlarni faollashtirdi va o'simliklarning yashash muhitini yaxshiladi, bu esa o'sish uchun sharoit yaratdi, deb xabar beradi mir24.tv.