“Moskva vaqti bilan soat 21:12da, kuzatuvchi tugun orqali blokcheynga hujum qilindi. Ayni paytda takomillashtirilgan xavfsizlik rejimi yo'lga qo'yilgan. Ovoz berishda hech qanday uzilishlar bo'lmadi, barcha ovozlar kafolatlangan etkazib berish xizmati, ya'ni blokcheynda qayd etiladi. Axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassislar zarur choralarni amalga oshirgandan so'ng, kuzatuvchi tuguniga kirish tiklanadi”, dedi u.

Onlayn ovoz berish payshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 10:00 da boshlandi, unda Moskva va Nijniy Novgorod viloyati aholisi ishtirok etmoqda. 27 iyun kuni Moskva vaqti bilan 20:14-ga kelib, ishtirokchilar 75 foizni tashkil etdi. 879 654 byulleten qabul qilindi. elektron ovoz berish 30 iyun kuni yakunlanadi.

Hammasi bo'lib, onlayn ovoz berishda qatnashish uchun Moskvaliklardan 1 millionga yaqin va Nijniy Novgoroddan qariyb 140 mingta ariza kelib tushdi.

25 iyun` kuni elektron ovoz berish joyi zo'riqish tufayli ishlamay qoldi. 26 iyun, juma kuni MSK (markaziy saylov komisiyasi) ushbu saytga xakker hujumini e'lon qildi.

Avvalroq, saylov komissiyalari a'zolari Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartishlar bo'yicha ovoz berishni tashkillashtirishda ishtirok etmaslik to'g'risida murojaat qilgan edi.