Dastlab tashrif doirasida “Migratsiya markazi” davlat byudjet tashkiloti bosh direktori Sergey Baldin, mazkur tashkilotning tashkiliy va shartnomaviy qoʻllab-quvvatlash, mulk munosabatlari va raqamli integratsiya, shuningdek, tartibga soluvchi va ruxsat beruvchi hujjatlar va mehnat muhojirlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari Oleg Nujdin va Irina Yermilova, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.

Shu kuni Rossiya tomoni vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati bilan uchrashib, Agentlik binosida “Migratsiya markazi” davlat byudjet tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish va quyidagi faoliyat bilan shugʻullanishi boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni ushbu davlatga kirib borishida taqiq bor-yoʻqligini tekshiradi;

- Patent olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda toʻliq koʻmaklashadi;

- Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ish beruvchilar oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishda operator vazifasini bajaradi.

“Migratsiya markazi” rahbariyati tashrifi joriy yilning 23-noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar natijasi boʻyicha xabar beriladi, deb xabar berdi tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmati.