Bu haqda «Dunyo" AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi” va Penza viloyati ombudsmani bilan birgalikda ushbu viloyatda qarovsiz qolib ketgan Oʻzbekistonning voyaga yetmagan fuqarosi R.L.ning yurtimizga qaytarish boʻyicha ishlar yakunlandi.
R.L. 19-avgust kuni yurtimiz diplomatlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi” koʻmagida Qozon–Moskva–Toshkent aviaqatnovi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 14-avgust kuni Rossiya hududlarida ota-onasi turli sabablarga koʻra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolajonlar mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi koʻmagida Oʻzbekistonga olib kelingan edi.