Mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi koʻmagida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning toʻrt nafar farzandi Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yoʻqotib qoʻygani uchun turli muammolarga duch kelgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yoʻqotgan bolalarning onasiga Oʻzbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ayol va uning bolalarining yurtimizga kelishi uchun aviachipta sotib olindi.
Hamyurtimiz farzandlari bilan birga bugun Oʻzbekistonga uchib ketdi.