Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda A.I.ning yurtimizga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Bosh konsulxona binosida yurtdoshimiz bilan suhbat oʻtkazildi. Unda xorijiy fuqarolarning Rossiyada boʻlish tartibi va shartlari, shuningdek, ushbu mamlakatda vatandoshlarning xavfsiz mehnat faoliyatini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida soʻzlab berildi.
Yurtdoshimiz 21-dekabr kuni Toshkentga kuzatib qoʻyildi.