Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, joriy yil 18 yanvar` kuni O'zbekiston fuqarosi M.Z. oilasi og'ir moliyaviy ahvolda qolgani sababli yordam berishni so'rab murojaat qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, M.Z. va uning 2016, 2018 va 2024 yilda tug'ilgan farzandlari oila boshlig'i tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga olib keltirilgan.

Surishtiruvlar natijasida M.Z.ning turmush o'rtog'i B.X. 6 yanvar` kuni ro'yxatdan o'tmasdan ishlayotgani sababli Sverdlovsk viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri davomida qo'lga olingani va Ekaterinburg IIB qoshidagi XFVSMga joylashtirilgani aniqlandi.

Diplomatlar XFVSMda bo'lib, B.X.ning holidan xabar olishdi. B.X. ma'muriy javobgarlikka tortilganidan so'ng qo'yib yuborildi. SHunday bo'lsada, oila qiyin ahvolda qolayotgani sabab O'zbekistonga qaytishini bildirgan.

Bosh konsulxona tomonidan ushbu murojaat ijobiy hal etilib, M.Z. va uning 3 nafar voyaga etmagan farzandlariga Ekaterinburg-Toshkent aviareysi orqali O'zbekistonga qaytish uchun chipta xarid qilindi.

Mazkur oila Ekaterinburg shahridagi "Kol`tsovo" xalqaro aeroportidan Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Toshkent shahriga kuzatib qo'yildi.