Bu haqda Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan.

Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubyev Telegram-sahifasida qisqacha xabar e'lon qildi: “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Morozovskiy tumanida 40 dan ortiq nishonni yo'q qildi. Hujum oqibatida elektr podstansiyasi shikastlangan. Ish davom etmoqda. Elektr ta'minotini tiklash ishlari olib borilmoqda”.

Ukrainalik blogerlarning yozishicha, so'nggi paytlarda front chizig'i bo'ylab faol harakat qilayotgan Su-34 qiruvchi samolyotlari ushbu aerodromda joylashgan, deb xabar beradi report.az.