Rossiya va Qozogʻiston bilan kelishuvga binoan, Oʻzbekiston fuqarolarini yoʻlovchi poyezdlari orqali olib kelish maqsadida Toshkent – Rostov-Don – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi maxsus temir yoʻl reysi tashkil etilgan.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha temir yoʻl qatnovini amalga oshiruvchi poyezd 19-avgustda Toshkentdan joʻnab ketdi. Gnilovskaya – Toshkent yoʻnalishida ushbu poyezd orqali 918 nafar hamyurtimiz 26-avgustda Oʻzbekistonga olib kelinadi.