Rubio AQSh Venesuelaning giyohvand moddalar ortilgan kemasiga zarba berganini aytdi

    AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQSh harbiylari Karib dengizida Venesuelaning giyohvand moddalar ortilgan kemasiga “halokatli zarba” berganini aytdi.

    “Hozirgina e'lon qilinganidek (AQSh Prezidenti Donald Tramp), bugun AQSh harbiylari Karib dengizi janubida Venesueladan suzib kelgan va tan olingan narkoterror tashkiloti tomonidan boshqariladigan giyohvand moddalar ortilgan kemaga halokatli zarba berdi”, deb yozdi Rubio X ijtimoiy tarmog'ida.

    Avvalroq Venesuela bolivar militsiyasi qo'mondoni Orlando Romero RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida AQSh harbiy kemalarining Karib havzasida harakatlanishi giyohvand moddalar savdosiga qarshi haqiqiy kurashish bilan bog'liq emasligini aytgan edi, deb xabar berdi ria.ru.