Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Moskva shahar meriyasi rahbariyatining oʻrinbosari Mariya Bagreyeva hamda Moskva viloyati Lyubersы shahridagi «Saxarova« koʻp tarmoqli migratsiya markazi masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklarga yashash va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) rasmiylashtirish jarayonlarini yengillashtirish, markazning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Patent olishda zarur boʻlgan rus tili imtihonini mamlakatimizdagi «Saxarova«ning filialida yoʻlga qoʻyish boʻyicha mexanizm Rossiya tomoni bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan boʻldi.









