Serial rejissyori Shuhrat Salomov, ssenariy mualliflari, Turkiyaning mashhur “Elchining qizi”, “Qashqirlar makoni” seriallari ustida ishlagan Ozan Ayaz va Oʻgʻuz Ayazdir. Mazkur dramatik serialda taniqli aktyorlardan Ulugʻbek Qodirov, Gavhar Zokirova, Sitora Alimjonova, Aziza Xalilova, Moʻmin Rizo, Baxshillo Fatullayev, Muyasar Berdiqulova va boshqalar suratga tushishmoqda.Serialning suratga olish ishlari ayni vaqtda Oʻzbekistonda kechmoqda. Final qismi esa, Turkiyada suratga olinishi rejalashtirilgan.
Serialda suratga tushayotgan bosh rol ijrochisi aktyor Ulugʻbek Qodirovni, prodyuser Ruslan Mirzayev bu loyihaga katta gonorar evaziga koʻndirgan boʻlib, ammo gonorar miqdorini sir tutmoqda. Prodyuser Ruslan Mirzayev serialning umumiy mazmuni haqidagi maʼlumotlarni sir saqlamoqda. Prodyuserning mazkur yangi seriali ham tomoshabinlar koʻnglidan joy oladi deb umid qilamiz.









