Adliya vazirliklari oʻrtasida 2019-2020-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli dastur toʻlaqonli amalga oshirilmay qoldi.
Shu munosabat bilan R.Davletov dasturni yangilash, xususan xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, “tartibga solish gilyotinasi” tamoyilini qoʻllash, xalqaro huquqiy yordam koʻrsatish borasida yagona elektron platforma va elektron hujjat almashish tizimini yaratish, sud-ekspertiza faoliyati va yuridik taʼlim sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va boshqa sohalardagi tajribani oʻrganishga qaratilgan tadbirlar bilan boyitishni taklif qildi.
Muloqot davomida tomonlar maʼlumot almashish uchun MDHning Yagona elektron platformasini yaratishning oʻziga xos jihatlarini muhokama qildi.
Maʼlumot uchun: mazkur tizim loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. U huquqiy yordam koʻrsatish sohasida samaradorlik va mahsuldorlikni oshirish, shuningdek, MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlarining oʻzaro tezkor hamkorligiga qaratilgan.
MDHning yagona elektron platformasini yaratish tashabbusi 2020-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan MDH davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan.
Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.









