Rustam Qosimjonov – oʻzbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U nafaqat dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan, balki xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining telegramdagi rasmiy kanalida qayd etilishicha, uning rahbarligida milliy jamoa oldida bir qator yangi vazifalar turibdi. Jumladan:

  • xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
  • yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.