“Xalqimizda bir maqol bor: “Uzoqdagi qarindoshdan yoningdagi qo'shning yaxshi”. Qirg'iz va o'zbek xalqlari asrlar davomida yonma-yon va do'stu birodar bo'lib yashab kelishgan. Ota-bobolarimiz ikki xalqning birligini saqlab, bir-birini hamisha qo'llab-quvvatlagan. Ikki mamlakat nafaqat geografik jihatdan yaqin, balki bizning dinimiz, tariximiz va tilimiz bir. Urf-odatlarimiz mushtarakdir”, dedi Sooronbay Jeenbekov.
Prezident so'nggi yillarda Qirg'iziston va O'zbekiston nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham rivojlantirayotganini ta'kidladi.
-Biz yaxshi qo'shnichilik va o'zaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilamiz, balki barcha muammolarni birgalikda hal qilamiz. Mavjud muammolar echimini topish uchun sabr va vaqt kerak. Biz farzandlarimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun qo'shni davlatlar bilan do'stlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz, - dedi u.
1
13