Hodisaga yo'lovchilardan biri, ya'ni Tojikiston fuqarosi shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj ekanligi sabab bo'lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'lovchida ko'richak kasalligiga shubha bo'lgan. Ekipaj eng yaqin aeroportda samolyotni qo'ndirishga qaror qildi.

Aeroportdan yo'lovchi tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko'rsatish uchun Urganch shahridagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mahalliy vaqt bilan 02:31 da “S7” aviakompaniyasi samolyoti Qarshiga parvoz qildi.