Sablyachi yigitlarimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi

    Sport 23 Iyun 2025 560

    Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga erishdi.

    Qayd etilishicha, bu gal sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga koʻtarildilar.

    Dastlabki bosqichda Makaoni 45:15 magʻlub etgan hamyurtlarimiz chorak finalda Xitoydan 45:43 hisobida ustun kelishdi.

    Biroq murosasiz kechgan yarim final jangida Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bellashuvda esa Gonkong 45:39 hisobida magʻlub etildi.