Kecha Marokashning Rabot shahrida futbol bo'yicha  Afrikaning eng yaxshilarini aniqlash va taqdirlashga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Senegal milliy jamoasi hujumchisi Sadio Mane qit'ada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

YAqinda “Bavariya”ga o'tgan Sadio “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi, misrlik Muhammad Saloh va “CHelsi” darvozaboni, hamyurti eduard Mendini ortda qoldirdi.

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “Liverpul” safida Angliya kubogi va Angliya liga kubogi g'olibi bo'ldi. SHuningdek, u CHempionlar ligasi finaliga chiqdi va Prem`er-ligada 2-o'rinni egalladi.

Sadio fevral` oyida milliy jamoasiga o'z tarixida birinchi marta Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqishga yordam berdi.

Marosimda  Senegal milliy termasi mavsumning eng yaxshi jamoasi deb topildi.