Sadir Japarov 1854-yildan buyon Issiqko'lda suv sathi qariyb 14 metrga pasaygani, unga quyiladigan daryolar soni esa uch baravardan ko'proq qisqargani xavotirga sabab bo'lganini ta'kidladi.
“1950-1960-yillarda ko'lga taxminan 100-110 daryo quyilgan bo'lsa, hozirda ular 30-35 ta. Agar bu holat davom etsa, mintaqa jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga duch keladi”, deydi u.
Unga ko'ra, hukumat ko'lga suv kelishini ko'paytirish, yangi kanallar va gidrotexnik inshootlar qurish loyihalarini amalga oshirish orqali zarur choralarni ko'rmoqda.
25-26-dekabr kunlari Bishkekda IV Xalq qurultoyi bo'lib o'tmoqda. Unda davlat rahbari, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, parlament a'zolari, davlat organlari va mahalliy hokimliklar vakillari, mamlakatning barcha viloyatlaridan 690 nafar delegat ishtirok etyapti, deb xabar berdi inform.kz.