Amerikalik tadbirkor Mark Lor AQShda Telos nomli yangi shahar yaratilishini e'lon qildi. 

Ma'lum bo'lishicha, shaharning loyihasi Daniya “Bjarke Ingels Group” arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U AQShning g'arbiy qismida, 60,7 ming gektardan ortiq sahro maydonida quriladi. Loyihaning maqsadi shahar hayotining global standartini belgilash, inson salohiyatini kengaytirish va kelajak avlodlarga namuna bo'lish ekani aytilgan.

Ta'kidlanishicha, Telos yaratuvchilari mutlaqo ekologik toza shahar qurishga va'da bergan. Shahar inshootlarini qurish uchun “yashil” materiallardan foydalaniladi, binolarning tashqi qismi qisman o'simliklar bilan qoplanadi. U erda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati piyoda harakatlanadi, shaharning transport tizimi velosipedlar, past tezlikda uchuvchi samolyotlar, bitta temiryo'l va havo taksisini o'z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, yangi shahar qurilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, 2030-yilga kelib Telosning umumiy maydoni 607 gektarga yaqin bo'lgan 50 ming aholisi bo'ladi, keyin 2070-yilgacha shahar asta-sekin kengayib boradi hamda “kelajak shahri” 5 million kishiga ko'payadi. Qurilishning umumiy qiymati 400 milliard dollarga baholanmoqda.

Moliyalashtirish turli manbalar, jumladan, xususiy sarmoyadorlar, xayriyachilar, davlat grantlari va subsidiyalari hisobidan amalga oshirilishi kutilmoqda.