Saida Mirziyoyeva uchrashuv u uchun katta sharaf ekanini taʼkidladi.
Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tilaklari yetkazildi. Muloqot davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar sunʼiy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham toʻxtalib oʻtdilar.
Saida Mirziyoyeva koʻrsatilgan ehtirom uchun BAA Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.