Samarqanddagi xalqaro forum doirasida oʻtkazilgan muloqot chogʻida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Samarqand forumini doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirildi.