U yerda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Tomonlar Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Ma’lumki, Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor mazkur kengashning hamraislari hisoblanadi.
«Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman», — deya ta’kidladi u.
Uchrashuvdan e’lon qilingan suratda, shuningdek, Tiffany Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Boulos ham aks etgan.