“Ushbu muhim loyiha rivojlanishda davom etayotgani va yuzlab yosh, istiqbolli hamda isteʼdodli ayollar uchun yangi bilim va koʻnikmalar eshigini ochayotgani juda quvonarli. Har bir ishtirokchining Oʻzbekiston taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan lider boʻlish imkoniyati bor.
Ishonchim komilki, bu dasturda orttirilgan tajriba va bilimlar bebaho qiymatga ega boʻladi. Mazkur oʻquv jarayoni har bir qatnashchini katta yutuqlar sari undaydigan muhim boshlangʻich nuqtaga aylansin“, — deydi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.