"Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etganim men uchun ulkan sharaf.
Mukofot hakamlar hayʼati va tashkiliy qoʻmitasidagi hamkasblarimga samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu chindan ham bebaho va ilhombaxsh tajriba boʻldi", — deydi deydi Saida Mirziyoyeva. .
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari insoniy birodarlik soʻzlarda emas, balki kundalik amallarda — har bir insonning qadr-qimmatiga hurmatda, eʼtiborda va gʻamxoʻrlik qilishda namoyon boʻlishini ham alohida taʼkidlagan.