Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildik. Jumladan taʼlim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qilindi. Bu borada Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni taʼminlash yoʻlidagi qadamlar haqida soʻz yuritildi.
Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qoʻllab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali koʻp, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.